XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 27-SESSIYАSI BO‘LIB O‘TDI
2026-07-08 10:00:00 / Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 27-SESSIYАSI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi depututlari, tegishli tashkilot mas’ullari va OAV vakillari ishtirok etdi. Sessiya majlisini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi R.Abdullayev boshqarib bordi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. “To‘rtko‘l tumani Korrupsiyadan holi hudud” dasturi “Yo‘l xaritasi” ijrosi to‘g‘risida tuman xokimi I.Xudaybergenovning ma’ruzasi tinglandi.
2. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va kriminogen vaziyat ahvoli yuzasidan tuman prokurori S. Yakubov axborot berdi.
3. To‘rtko‘l tumani hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari ma’lumot berdi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi “2026 yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–49-sonli qarori ijrosi doirasida hududlarni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hamda To‘rtko‘l tumanida ijro intizomiga rioya etilishi holati to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Ismailov hisobot berdi.
6. “Ayollar daftari” tizimi orqali ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni manzilli qo‘llab quvvatlash dasturlari va chora-tadbirlarini amalga oshirilishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish chora-tadbirlari ijrosi to‘g‘risida tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limidan mas’ul ma’ruza qildi.
7. To‘rtko‘l tumanida Yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rishga qaratilgan ishlar to‘g‘risida tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i D. Gapurov so‘zga chiqdi.
8. Tuman mahalliy byudjetining 2025-yil 6 oylik ijrosi, To‘rtko‘l tumanida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 2-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan, To‘rtko‘l tumani mahalliy byudjetining 2026-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha shakllangan daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha tuman hokimligining taklifini ko‘rib chiqish, To‘rtko‘l tumani mahalliy byudjetining 2026-yil 1-choragi daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha tuman hokimligining taklifini ko‘rib chiqish to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Matchanov ma’ruza qildi.
Maruzachilar chiqishidan keyin deputatlar va sessiya qatnashchilari tomonidan mavzu bo‘yicha savollar, takliflar va mulohazalar bildirildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining yigirma yettinchi sessiyasi kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqildi va bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda tegishli qaror loyihalari tasdiqlandi. https://www.facebook.com/share/v/18rk1yTGew/









