Dolzarb masalalar muhokama qilindi
2026-06-17 15:00:00 / Yangiliklar

To‘rtko‘l tumani hokimligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Axmedova ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — o‘smir yoshlar, xususan, qiz bolalar o‘rtasida salbiy holatlarning oldini olish, ularning ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
Maktablarda ta’lim olayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan qizlar tumandagi mas’ul rahbarlarga «otaliqqa» biriktirilgan bo‘lib, tadbir doirasida bu borada olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Qizlarning muammolarini bevosita mahalla darajasida hal etish, har bir murojaatga individual yondashgan holda moddiy, tibbiy, psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
Yig‘ilish yakunida qizlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etish yuzasidan tizimli ishlarni davom ettirish topshirildi.







