Sport – salomatlik garovi: Tumanda xotin-qizlar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi
2026-06-13 14:00:00 / Yangiliklar

Sport – salomatlik garovi: Tumanda xotin-qizlar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi
2026 yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturi ijrosini ta’minlash, shuningdek, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash va ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tumanda sport musobaqalari tashkil etildi.
Ayollarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ushbu tadbirda ishtirokchilar sportning shashka, darts va stol tennisi turlari bo‘yicha kuch sinashdilar.
Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqalar davomida xotin-qizlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarliklari va mahoratlarini namoyish etdilar.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar hamda faol ishtirokchilar tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari, diplom va kuboklar bilan taqdirlandilar.
Tantanali tadbir so‘ngida tuman hokimi o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i I.Jumaboyeva barcha ishtirokchilarni qutladi va xotin-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish bundan buyon ham izchil davom ettirilishini ta’kidladi.









