Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorg‘i Kengesi Qo‘mita raisi Sh.Otemisov raisligida yig‘ilish o‘tkazildi
2026-06-04 09:20:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorg‘i Kengesi Qo‘mita raisi Sh.Otemisov raisligida yig‘ilish o‘tkazildi
Bugun To‘rtko‘l tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qo‘mita raisi Sh.Otemisov ishtirokida muhim muhokama bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yillar uchun mo‘ljallangan dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-70-sonli qarorining To‘rtko‘l tumanida ijrosi, mahalliy Kengash deputatlarining mahalla yettiligi va siyosiy partiyalar bilan xamkorlikda faoliyatini tashkillashtirish mavzulari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi rahbari F.Nurumov, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat B.Masharipov, deputatlar O.Nazarova, Yu.Matjanova hamda siyosiy partiyalar va Kengash kotibiyati mas’ullari qatnashdilar.
Yig‘ilish davomida To‘rtko‘l tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va istiqboldagi dasturlar ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.






