To‘rtko‘lda 1 726 ta xonadonga Qurbon hayiti bayram sovg‘alari yetkazilmoqda
2026-06-26 10:20:00 / Yangiliklar

To‘rtko‘lda 1 726 ta xonadonga Qurbon hayiti bayram sovg‘alari yetkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida To‘rtko‘l tumanida keng ko‘lamli xayriya tadbirlari boshlandi.
Mazkur hujjatga asosan, aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda bayram kayfiyatini ulashish maqsadida tumandagi 1 726 ta ehtiyojmand xonadon uchun bayram sovg‘alari shakllantirildi.
📦 "Vaqf" xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan tayyorlangan, kundalik eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari solingan ushbu saxovat qutilari ayni paytda tuman mutasaddilari tomonidan o‘z egalariga tizimli ravishda yetkazib berilmoqda.
Bu kabi tadbirlar bayram arafasida tumanimizda mehr-oqibat, hamjihatlik va saxovat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.


