⚡️ To‘rtko‘l tumanida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi
2026-05-25 10:00:00 / Yangiliklar

⚡️ To‘rtko‘l tumanida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi
Bugun tumanimizdagi barcha umumta’lim maktablarida, xususan, Ixtisoslashtirilgan maktabda ham so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangrab, bitiruvchi yoshlarni mustaqil hayot sari kuzatish marosimlari o‘tkazildi.
Tadbirda To‘rtko‘l tumani hokimi Ilhomboy Xudayberganov ishtirok etib, bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi va yoshlarning kelgusi hayot yo‘llarida zafarlar tiladi.
📊 Joriy yilda tumanda jami bitiruvchilar soni: 3 694 nafarni tashkil qilib, 17 nafar yoshlar oltin medal, 4 nafar o‘quvchilar kumush medal sohiblari bo‘lishdi.
11 nafar bitiruvchilar muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalari (OTM) talabasi bo‘lishdi.
Tadbir davomida o‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan, jamoat ishlarida faollik ko‘rsatib, tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh iqtidorli yoshlar va ularning ota-onalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Bu yuksak natijalar — ustozlarning fidokorona mehnati, ota-onalarning cheksiz ishonchi va yoshlarimizning ilmga bo‘lgan yuksak ixlosi namunasidir.
Katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan barcha bitiruvchilarimizga oq yo‘l tilaymiz! Qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz yoshlar!









