To‘rtko‘lda ulkan pilla hirmonini ko`tarilmoqda
2026-05-23 10:00:00 / Yangiliklar

To‘rtko‘lda ulkan pilla hirmonini ko`tarilmoqda
Pilla yetishtirish — qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, azaldan xalqimiz ipak qurti boqish bilan shug‘ullanib kelishadi. Belgilangan qisqa muddatni o‘z ichiga olgan pilla qurti boqish jarayoni katta mehnat va ishchi kuchini talab etadi. Va qisqa muddat ichida o‘z natijasini ko‘rsatadi.
2026-yilda “To‘rtko‘l Agro pilla” MChJ tomonidan 30 ta mahalladagi 2700 xonadonga 1-3 qutidan 3644 quti urug‘ tarqatilgan bo‘lib, shundan “Sho‘raxon”da 2 joyda, “Bahor” mahallasida, “Kaltaminor” va “Otayurt” kabi 5 ta hududda 5 tadan 15 tagacha quti urug‘ uyushgan holda boqilayotgan bo‘lib, shundan jami 220 tonna pilla hosilini olish uchun bel bog‘lashgan.
3644 qutining 300 qutisi esa tumandagi “Tozabog‘yop” OFYda urug‘lik uchun boqilmoqda.
Hududlarda pilla yetishtirayotgan kasanachilar tomonidan, pilla hosili hirmoniga barakali hissa qo‘shilmoqda. To‘rtko‘l tumani hokimi o‘rinbosari I.Jumabaeva kumush tola yetishtirishga ulush qo‘shayotgan pillakorlarni mavzum xirmoni jarayoni bilan tabriklabi, ularning mo‘l hosil va yaxshi daromad olishlariga tilak bildirdi.
Shuningdek, pillakorlarga joriy yilda pilla yetishtiruvchi kasanachilar uchun Prezidentimizning yana bir muhim qaroriga muvofiq, endilikda pilla topshirib bo‘lingach mahalla yettiligining kollegial qaroriga muvofiq yetishtirilgan pilla uchun 35 foiz subsidiya mablag‘lari kasanachilarga to‘lab berilishi ham yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha ma’lumot berildi.





