Qadrli o‘quvchilar, aziz maktab bitiruvchilari!
2026-05-25 10:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Hurmatli bitiruvchilar!
Sizlarni 25-may — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami, maktabni bitirayotgan unutilmas va hayajonli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Bugun sizlar hayotingizdagi muhim bosqichni yakunlab, katta hayot sari dadil qadam qo‘ymoqdasiz. Maktabda olgan bilim va tarbiyangiz, ustozlaringizning mehnati hamda ota-onangizning ishonchi sizlarga kelajakda mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Aziz yoshlar! Sizlar — yurtimizning ertangi kuni, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligining ishonchli davomchilarisiz. Kelgusida qaysi sohani tanlamang, bilimli, fidoyi va vatanparvar inson bo‘lib yetishishingizga ishonaman.
Shu fursatdan foydalanib, sizlarga mustahkam sog‘liq, ulkan zafarlar, ezgu orzu-intilishlaringiz ro‘yobini tilayman. Hayot yo‘lingiz doimo yorug‘, qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin!
I.Xudaybergеnov,
To‘rtko‘l tumani hokimi
