XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2026-05-22 17:00:00 / Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi depututlari, tegishli tashkilot mas’ullari va OAV vakillari ishtirok etdi. Sessiya majlisini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi R.Abdullayev boshqarib bordi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. To‘rtko‘l tumani hududida “yashil bog‘” tashkil etish to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari A.Ganiev o‘zining taklifini bildirdi.
2. To‘rtko‘l tumani hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf qilish borasida 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar haqida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i X.Egamovning axboroti.
3. To‘rtko‘l tuman Elektr ta’minoti tashkilotida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida tuman Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i M.Urazimbetov so‘zga chiqdi.
4. To‘rtko‘l tumanida yangi barpo etilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish to‘g‘risida:
– “Toshkent” MFY hududida joylashgan Pedagogik mahorat markazi balansidagi sobiq pedagogika kolleji negizida yangi o‘quv yilidan yangi umumiy o‘rta ta’lim maktabi tashkil etish to‘g‘risida;
– 72-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini tugatish 62-sonli alohida ta’limga ehtiyojlari bo‘lgan aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabiga berish to‘g‘risida;
– 62-sonli alohida ta’limga ehtiyojlari bo‘lgan aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabi binosini o‘z binosiga ega bo‘lmagan tumandagi 23-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga doimiy foydalanish uchun berish to‘g‘risida;
tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari
L.Kurbanbaevning nutqi tinglandi.
Maruzachilar chiqishidan keyin deputatlar va sessiya qatnashchilari tomonidan mavzu boyicha savollar, mulohazalar bildirildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi kun tartibidagi barcha masalalar ko`rib chiqildi va bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda tegishli qaror loyihalari tasdiqlandi.
https://www.facebook.com/share/v/14g6Q19K2qy/









