Xitoy (Sichuan) – O‘zbekiston (Qoraqalpog‘iston) biznes-forumi tashkil etildi
2026-05-21 20:00:00 / Yangiliklar

Xitoy (Sichuan) – O‘zbekiston (Qoraqalpog‘iston) biznes-forumi tashkil etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi samarali davom etmoqda. Tashrif doirasida ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni kengaytirish maqsadida Xitoy (Sichuan) – O‘zbekiston (Qoraqalpog‘iston) biznes-forumi tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Sichuan provinsiyasi Xalqaro savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish kengashi raisining o‘rinbosari Vang Guang Jun hamda 150 dan ortiq yirik xitoylik investorlar va tadbirkorlar ishtirok etdi.
Biznes-forumda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan Orolbo‘yi hududiga qaratilayotgan alohida e’tibor, tadbirkorlik uchun yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit va maxsus imtiyozlar paketi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Biznes-forum yakunlariga ko‘ra, avtomobilsozlik, agrosanoat va to‘qimachilik sohalarida umumiy qiymati 245 million AQSH dollariga teng bo‘lgan investitsiyaviy shartnomalar paketi imzolandi.



