XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 24-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2026-05-06 18:00:00 / Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 24-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi depututlari, tegishli tashkilot mas’ullari va OAV vakillari ishtirok etdi. Sessiya majlisini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi R.Abdullayev boshqarib bordi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
To‘rtko‘l tumanini “korrupsiyadan xoli” hududga aylantirish, aholi orasida korrupsiyaga qarshi murosasiz muhit yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosi haqida
tuman hokimi I.Xudaybergenovning ma’ruzasi tinglandi.
To‘rtko‘l tumani hokimligiga 2026-yil 1-choragida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar va ularning ijrosi hamda tuman hokimligida ijro intizomiga rioya etilishi holati to‘g‘risida hamda To‘rtko‘l tumani hududida “yashil bog‘” tashkil etish to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari A.Ganievning taklifi to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Ismailov so‘zga chiqdi.
Tuman Soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i J.Annaev ma’ruza qildi.
Shundan keyin so‘zga chiqqan To‘rtko‘l tuman “Suv yetkazib berish davlat muassasasi” direktori A.Kadirov To‘rtko‘l tumanidagi fermer xo‘jaliklari, klasterlar va boshqa suv iste’molchilariga 2026-yil vegetatsiya davrida sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-sonli qarorini To‘rtko‘l tumanida bajarilishi haqida ma’ruza qildi.
Sessiyaning navbatdagi masalasi Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish to‘g‘risida Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i D.Gapurov nutqi tinglandi.
Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Matchanov o‘z nutqida quyidagi mavzularda ma’lumot berdi:
-Tuman mahalliy byudjetining 2026-yil 1-chorakdagi ijrosi to‘g‘risida;
-Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashinig 2026-yil 27-martdagi VII--23-30-13-190-K/26-sonli “To‘rtko‘l tumani mahalliy byudjetining 2025-yilning erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha tuman hokimligining taklifini ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;
-To‘rtko‘l tumanida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limining hisoboti to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30- yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tumani bo‘linmasi rahbarining 2026-yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari S.Sultanov hisoboti tingladi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar To‘rtko‘l tuman markazining Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir chora- tadbirlar to‘g‘risida “Inson” ijtimoiy xizmatlar To‘rtko‘l tuman markazi direktori X.Matnazarov so‘z yuritdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024- yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan To‘rtko‘l tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2025-yil uchun yakuniy manzilli ro‘yxat to‘g‘risida To‘rtko‘l tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U.Minajev so‘zga chiqdi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala-tuman Kengashi faoliyati, deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berilishi, samaradorligi va natijadorliki holatlari to‘g‘risida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri
B.Masharipov ma’ruza qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 sentyabrdagi 529-sonli qarori asosida hududlardagi barcha mahallalarda “Mahalla bog‘lari” yaratish to‘g‘risida
O‘zbekiston mahallalar uyushmasi To‘rtko‘l tumani bo‘limi boshlig‘i v.v.b. D.Alimov so‘zga chiqdi.
Maruzachilar chiqishidan keyin deputatlar va sessiya qatnashchilari tomonidan mavzu boyicha savollar, mulohazalar bildirildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqildi va bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda tegishli qaror loyihalari tasdiqlandi.
https://www.facebook.com/share/v/14fCcHjNcnD/









