Universitetning To‘rtko‘l fakultetida "Karyera haftaligi" tadbirlariga rasmiy start berildi
2026-05-16 10:00:00 / Yangiliklar

Universitetning To‘rtko‘l fakultetida "Karyera haftaligi" tadbirlariga rasmiy start berildi
Mazkur haftalik doirasida yoshlar bandligini ta’minlash va ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada soha tashkilotlar va turli xil korxonalarning mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etgan holda faol ishtirok etmoqda. Tadbir talaba-yoshlarga ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, kasbiy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish hamda o‘z salohiyatlarini namoyon etish uchun qulay maydon vazifasini o‘tamoqda.
Shuni alohida qayd etish lozimki, talabalar bandligini ta’minlashga qaratilgan bu yilgi tadbirlar o‘zining noan’anaviy va zamonaviy yondashuvi bilan avvalgilardan tubdan farq qilib, alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Bir hafta davomida uzluksiz tashkil etilayotgan ushbu tadbirlar doirasida talabalarga o‘zlariga mos ish joyini topish, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish hamda kasbiy ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.









