Bugun tumanda aholi uchun zamonaviy va qulay yashash sharoitlarini yaratish maqsadida navbatdagi yirik bunyodkorlik loyihasiga start berildi
2026-05-13 14:00:00 / Yangiliklar

Bugun tumanda aholi uchun zamonaviy va qulay yashash sharoitlarini yaratish maqsadida navbatdagi yirik bunyodkorlik loyihasiga start berildi.
“Qoraxonboy qurilish” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmuasining tamal toshi tantanali ravishda qo‘yildi. Tadbirda tuman hokimi, tuman hokimining o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari hamda qurilish sohasi vakillari ishtirok etdi. Loyihaning aholi turmush farovonligini oshirish, zamonaviy uy-joylarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish va hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Qurilish ishlari zamonaviy me’moriy talablar asosida olib borilishi, turar joylarda barcha zarur qulayliklar yaratilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, hududda obodonlashtirish, ichki yo‘llar, bolalar maydonchalari va yashil hududlar barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Tumanimizda bunyodkorlik va qurilish ishlari izchil davom etmoqda. Amalga oshirilayotgan bunday loyihalar aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.



