To‘rtko‘lda diniy aqidaparastlik va ekstremizmga qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
2026-05-12 14:00:00 / Yangiliklar

To‘rtko‘lda diniy aqidaparastlik va ekstremizmga qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengesi tomonidan tasdiqlangan ish-rejaga muvofiq, To‘rtko‘l tumanida diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tahdidlarining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadlari jamiyatda, ayniqsa ta’lim muassasalarida hushyorlikni oshirish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda diniy bag‘rikenglik va tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlashdan iboratdir.
Tuman hokimligining majlislar zalida o‘tgan yig‘ilishni tuman hokimi o‘rinbosari I.Jumabaeva olib bordi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Nurulla Jamolov hamda xotin-qizlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis Xurayim Ibragimovalar so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot va tahliliy mulohazalarini bildirdilar.
Yig‘ilishda oliy, o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining rahbarlari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.









