To‘rtko‘l tumanida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun attestatsiyaning amaliy imtihon jarayonlari boshlandi
2026-05-12 10:30:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun attestatsiyaning amaliy imtihon jarayonlari boshlandi. Mazkur jarayonning ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari A.Qalbayev hamda To‘rtko‘l tumani sport maktabi direktori E.Ibragimov oshtirok etib, attestatsiya jarayonining ta’lim sifatini oshirish, jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kasbiy mahoratini yanada rivojlantirishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, imtihonlarning ochiq va shaffof tarzda, belgilangan tartib hamda nizom talablari asosida o‘tkazilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur attestatsiya amaliy imtihonlari davomida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalari, amaliy tayyorgarligi hamda pedagogik mahorati baholanadi.



