9 MAY – XOTIRA VA QADRLASh KUNI MUNOSABATI BILAN TUMAN HOKIMINING BAYRAM TABRIGI
2026-05-09 09:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

9 MAY – XOTIRA VA QADRLASh KUNI MUNOSABATI BILAN TUMAN HOKIMINING BAYRAM TABRIGI
Qadrli vatandoshlar!
Muhtaram faxriylar!
Avvalo, Sizlarni, sizlar orqali ko‘p millatli butun To‘rtko‘l tumani xalqini bugungi qutlug‘ ayyom — Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan tarixiy g‘alabaning 81 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Ushbu shonli sanani nishonlar ekanmiz, ko‘z oldimizda, avvalo, insoniyat boshiga kelgan eng dahshatli urushda Vatan ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan bobolarimiz, front ortida mashaqqatli mehnat qilgan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi gavdalanadi. Ularning ko‘rsatgan buyuk jasorati va matonati tarix sahifalariga oltin harflar bilan muhrlangan bo‘lib, biz avlodlar uchun yuksak ibrat maktabidir.
Aziz faxriylar!
Bugun oramizda sog‘-salomat, duogo‘y bo‘lib yurgan Sidek tabarruk insonlarga yuksak ehtirom ko‘rsatish biz uchun farzdir. Hayotning og‘ir achchiq sinovlarini mardona yengib o‘tgan Siz azizlarning mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish,Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shayotgan munosib hissangizni xalqimiz yuksak qadrlaydi.
Sizlarning fidokorona xizmatlaringiz va buyuk qahramonligingiz qarshisida doimo bosh egib ta’zim qilamiz.
Qadrli yurtdoshlar!
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
To‘rtko‘l tumani xokimi I. Xudaybergenov
