To‘rtko‘lda «Halollik orollari» dasturi joriy etilmoqda
2026-05-06 12:00:00 / Yangiliklar

To‘rtko‘lda «Halollik orollari» dasturi joriy etilmoqda
To‘rtko‘l tumanida «O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash» loyihasi doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari uchun maxsus o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminar davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlash va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan «Halollik orollari» dasturini amaliyotga tatbiq etishga bag‘ishlandi.
Seminar davomida davlat xizmatchilari orasida odob-axloq qoidalari va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali milliy va xalqaro mexanizmlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar sohadagi yangi qonunchilik talablari va korrupsiya xavf-xatarlarini baholash bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.






