“YАNGI O‘ZBEKISTONNING IBRATLI OILASI” KO‘RIK-TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
2026-05-01 14:00:00 / Yangiliklar

“YАNGI O‘ZBEKISTONNING IBRATLI OILASI” KO‘RIK-TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Jamiyatda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, namunali oilalar tajribasini ommalashtirish hamda sog‘lom ma’naviy muhitni targ‘ib qilish maqsadida To‘rtko‘l tumanida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan mazkur tanlovda tumandagi eng namunali, ahil va ijtimoiy hayotda faol bo‘lgan oilalar o‘zaro bellashdilar. Ishtirokchilar o‘z chiqishlarida oilaviy an’analar, farzand tarbiyasi va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissalarini mahorat bilan namoyish etdilar.
Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
🥇 1-o‘rin – Xajievlar oilasi;
🥈 2-o‘rin – Tajibaevlar oilasi;
🥉 3-o‘rin – Dosmuratovlar oilasi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.









