“Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” marafoni o‘tkazildi
2026-04-29 14:00:00 / Yangiliklar

“Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” marafoni o‘tkazildi
To‘rtko‘l tumani markaziy o‘yingohida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida marafon bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sport tadbirida mahallalardagi uyushmagan yoshlar, yoshlar yetakchilari hamda turli korxona va tashkilotlar vakillari faol ishtirok etishdi. Marafon doirasida bajarilgan jamoaviy badantarbiya mashqlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan jismoniy faollikning inson salomatligi uchun naqadar muhim ekanligi yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.
---



