Yurakka yaqin she’riyat: To‘rtko‘lda Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan kecha
2026-04-20 14:00:00 / Yangiliklar

Yurakka yaqin she’riyat: To‘rtko‘lda Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan kecha
Bugun 23-sonli maktabda xalqimizning ardoqli shoiri Muhammad Yusuf tavallud kuniga bag‘ishlangan ijodiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda dutor sadolari ostida yangragan milliy kuylar va o‘quvchilar ijrosidagi she’rlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. To‘rtko‘l tumani hokimligi va Ma’naviyat markazi mutasaddilari ishtirok etgan tadbir haqiqiy san’at bayramiga aylanib ketdi.
Mehmonlar tomonidan maktab kutubxonasiga yangi kitoblar taqdim etildi.
Shu kuni jamoaning tajribali ustozi Gulzira Yusupova ham qutlug‘ 55 yoshi bilan muborakbod etilib, kasaba uyushmasi tomonidan rag‘batlantirildi.
---






