To‘rtko‘lda «Besh tashabbus paralimpiadasi» sport musobaqalari o‘tkazildi
2026-04-18 14:00:00 / Yangiliklar

To‘rtko‘lda «Besh tashabbus paralimpiadasi» sport musobaqalari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-389-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga keng jalb etish orqali ularni jismoniy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish maqsadida, To‘rtko‘l tumanida «Besh tashabbus paralimpiadasi» doirasida ommaviy sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Tuman mahallalaridagi sportsevar yoshlar va fuqarolarni birlashtirgan mazkur bellashuvlar para yengil atletika, para badminton, para stol tennisi, armrestling, shaxmat sport turlari bo‘yicha o‘tkazildi.
Musobaqalar yuqori ko‘tarinkilik va shijoat ostida o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z irodasi va matonatini namoyish etib, jamiyatda sport to‘siqlarni yengib o‘tish uchun eng yaxshi vosita ekanligini yana bir bor isbotladilar.
Tadbir yakunida faxrli o‘rinlarni egallagan g‘olib va sovrindor sportchilar tashkilotchilar tomonidan maxsus sport kiyimlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.



