Olis hududdagi uchrashuv: Bilim va maqsadlar birlashgan manzil
2026-04-16 15:00:00 / Yangiliklar

Olis hududdagi uchrashuv: Bilim va maqsadlar birlashgan manzil
Tuman markazidan 80 kilometr olisda joylashgan maktabda tuman hokimi I.Xudaybergenov bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan yuzma-yuz suhbat qurib, yoshlarning ertangi kunga boʻlgan ishonchi va orzulari bilan qiziqdi.
Uchrashuv shunchaki muloqot emas, balki kelajak liderlari uchun haqiqiy motivatsiya manbaiga aylandi.
Oʻz tengdoshlariga namuna boʻlib kelayotgan, ilmga chanqoq yoshlarga kitoblar toʻplami taqdim etildi.
Sovgʻa qilingan kitoblar orasida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Xasanovning "Liderlar" asari alohida eʼtibor markazida boʻldi. Uchrashuv davomida kitob muallifi bilan telefon orqali bogʻlanilib, yoshlar uchun muhim yangilik eʼlon qilindi.
Ushbu kitob boʻyicha maxsus tanlov oʻtkazilmoqda va gʻoliblarni alohida sovgʻalar kutmoqda!




