Apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-03-30 12:00:00 / Yangiliklar

To‘rtko‘l tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan apparat yig‘ilishida ijro intizomi hamda bir qator muhim masalalar tahlil qilindi.
Tuman hokimi I.Xudaybergenov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda topshiriqlarni sifatli va muddatida bajarish har bir rahbarning bosh mezoni bo‘lishi, har haftaning payshanba kuni barcha rahbarlar biriktirilgan mahalla va ta’lim muassasalarida bo‘lishi va yoshlar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqotlar o‘tkazishi va mavjud muammolarni qonuniy yechimi bo‘yicha ish olib borishi hamda korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha ta’kidlandi.
Shu bilan birgalikda rahbarlar biriktirilgan oilalar xonadoniga borib, muammolarini o‘rganishi, murojaatlar bilan ishlashda xushmuomalalik va qonuniylik asosiy tamoyil bo‘lishi qat’iy belgilandi.






