XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 23-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2026-03-27 16:00:00 / Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 23-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI🇺🇿Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi, Jo`qorg`I Kengesi depututlari, tegishli tashkilot mas’ullari va OAV vakillari ishtirok etdi. Sessiya majlisini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi R.Abdullayev boshqarib bordi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. To‘rtko‘l tumani prokurorining Jinoyatchilik va qonuniylik holati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurori o‘rinbosari O.Yuldashev axboroti.
2. Tuman hududida 2026-yilning 2-oyi davomida sodir etilgan jinoyatchilik va xuquqbuzarliklar tahlili hamda ularning oldini olish borasida tuman ichki ishlar bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M.Muratov ning hisoboti.
3. To‘rtko‘l tumanida 2026-yil 1-mavsumda Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Ochiq byudjet” axborot portali orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risida.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
5. To‘rtko‘l tumani mahalliy byudjetining 2025-yilning erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha tuman hokimligining taklifini ko‘rib chiqish to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Matchanovning ma’ruzasi tinglandi.
6. To‘rtko‘l tumani hokimligida ijro intizomiga rioya etilishi holati to‘g‘risida tuman hokimligi ijro intizomi bosh mutaxassisi S.Xudayshukurov nutq so‘zladi.
7. 2025-yil davomida tumanda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasining To‘rtko‘l tumani bo‘limi boshlig‘i A.Zaripov hisobot berdi.
Maruzachilar chiqishidan keyin deputatlar va sessiya qatnashchilari tomonidan mavzu boyicha savollar, mulohazalar bildirildi.Xalq deputatlari tuman Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqildi va bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda tegishli qaror loyihalari tasdiqlandi.





