🌸 NAVRO‘Z TUHFASI: «GULISTON» MAHALLASIDA YАNGI BOG‘CHA OCHILDI
2026-03-19 11:00:00 / Yangiliklar

🌸 NAVRO‘Z TUHFASI: «GULISTON» MAHALLASIDA YАNGI BOG‘CHA OCHILDI
Yurtimizda Navro‘z shukuhi kezib yurgan ushbu kunlarda To‘rtko‘l tumanida yosh avlod kamoloti yo‘lidagi yana bir xayrli ish yakuniga yetdi.
«Guliston» MFY hududida Prezidentimizning PQ-454-sonli qarori ijrosi doirasida zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida tuman hokimi I.Xudaybergenov ishtirok etib, mahalla ahlini qo‘shaloq bayram — ham Navro‘z, ham yangi maktabgacha bilim maskanining ochilishi bilan muborakbod etdi.
"Bu kabi zamonaviy bog‘chalar nafaqat bolajonlar uchun sevimli maskan, balki sifatli ta’lim va tarbiyaning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi," — dedi tuman rahbari.
Yangi bog‘chada shinam va keng o‘yin xonalari, zamonaviy anjomlari bilan jihozlangan guruhlar xususan, bolajonlarning sog‘lom ulg‘ayishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Bugungi tantana nafaqat «Guliston» mahallasi ahlining, balki kelajagimiz egalari bo‘lgan bolajonlarning quvonchiga quvonch qo‘shdi. Zero, farzandlarimizning barkamol voyaga yetishlari uchun ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rlik — ertangi kunimizga bo‘lgan ishonch ifodasidir.
---
#Tórtkúl
#Nawrız2026
🌸 NAWRÍZ SAWǴASÍ: "GULISTON" MÁHÁLLESINDE JAŃA BAQSHA ASHÍLDÍ
Elimizde Nawrız keypiyatı gezip júrgen usı kúnlerde Tórtkúl rayonında jas áwladtıń kamalǵa keliwi jolındaǵı jáne bir iygilikli jumıs juwmaǵına jetti.
"Gúlistan" MPJ aymaǵında Prezidentimizdiń PQ-454 sanlı qararınıń orınlanıwı sheńberinde zamanagóy mektepke shekemgi bilimlendiriw shólkemi paydalanıwǵa tapsırıldı.
Ashılıw máresiminde rayon hákimi I.Xudaybergenov qatnasıp, máhálle xalqın qos bayram - hám Nawrız, hám jańa mektepke shekemgi bilimlendiriw mákemesiniń ashılıwı menen qutlıqladı.
"Bunday zamanagóy baqshalar tek ǵana balalar ushın súyikli orın emes, al sapalı bilimlendiriw hám tárbiyanıń bekkem tiykarı bolıp xızmet etedi," - dedi rayon basshısı.
Jańa baqshada ıqsham hám keń oyın xanaları, zamanagóy inventarlar menen úskenelengen toparlar, atap aytqanda, balalardıń salamat bolıp ósiwi ushın barlıq qolaylıqlar jaratılǵan.
Búgingi saltanat tek ǵana "Gúlistan" máhállesi xalqınıń emes, al keleshegimiz ieleri bolǵan balalardıń quwanıshına quwanısh qostı.
Sebebi, perzentlerimizdiń bárkamal kamalǵa keliwi ushın kórsetilip atırǵan bunday ǵamxorlıq - erteńgi kúnimizge bolǵan isenimniń kórinisi bolıp esaplanadı.







