🌸 “Asaloy Sevinchoy” bog‘chasida Navro‘z shukuhi!
2026-03-18 16:00:00 / Yangiliklar

🌸 “Asaloy Sevinchoy” bog‘chasida Navro‘z shukuhi!
To‘rtko‘l tumanidagi “Asaloy Sevinchoy” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bahor va yangilanish ayyomi — Navro‘zi olam ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Bog‘cha tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan milliy raqslar va bahorni tarannum etuvchi she’rlar yig‘ilganlarga cheksiz quvonch ulashdi.
Tadbir doirasida milliy an’analarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari va bahoriy taomlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Rang-barang liboslar kiygan bolajonlarning chiqishlari bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Bugun bo‘lib o‘tgan Navro‘z ayyomi bolajonlar qalbida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan mehr-muhabbatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.







