🌸 To‘rtko‘l texnikumida Navro‘z shukuhi!
2026-03-17 22:00:00 / Yangiliklar

🌸 To‘rtko‘l texnikumida Navro‘z shukuhi!
Bugun To‘rtko‘l tumani 1-sonli texnikumida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Texnikum yoshlari tomonidan ijro etilgan milliy o‘yinlar, jozibali raqslar va sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga bayram kayfiyatini ulashdi.
Milliy an’ana va qadriyatlarimizni tarannum etuvchi chiqishlar tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari I.Jumabaeva ishtirok etib, barchani yangilanish va yasharish ayyomi bilan muborakbod etdi.
🍃 Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!








