YОSHLAR TA’LIM-TARBIYASI VA IJTIMOIY HIMOYASI — USTUVOR VAZIFA
2026-03-13 10:00:00 / Yangiliklar

YОSHLAR TA’LIM-TARBIYASI VA IJTIMOIY HIMOYASI — USTUVOR VAZIFA
To‘rtko‘l tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshlig‘i M.Axmedova ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda asosiy e’tibor o‘smir yoshlar, xususan, qiz bolalar o‘rtasida salbiy holatlarning oldini olish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga qaratildi.
Tadbir davomida tumandagi mavjud maktablarda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan toifadagi qizlar aniqlanib, ularning to‘liq ro‘yxati shakllantirilib, har bir o‘quvchi qizga tumandagi mas’ul rahbarlar «otaliqqa» biriktirildi. Endilikda har bir rahbar o‘ziga biriktirilgan qizning taqdiri va muammolari uchun shaxsan mas’ul bo‘ladi.
Yig‘ilish davomida qizlarning ijtimoiy muammolarini mahalla darajasida hal etish, har bir murojaatga alohida yondashgan holda ko‘mak berish bo‘yicha tizimli topshiriqlar berildi.









