Prezident qarori ijroda: PQ-62 sonli qaror tadbirkor yoshga qanot bo‘ldi
2026-03-12 14:00:00 / Yangiliklar

Prezident qarori ijroda: PQ-62 sonli qaror tadbirkor yoshga qanot bo‘ldi
To‘rtko‘l tumani “Shodlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Muhayyo Komilova bugun nafaqat o‘z oilasi, balki mahalladoshlari uchun ham namuna bo‘lmoqda.
Muhayyo bolaligidan tikuvchilikka qiziqqani sababli chevarchilik bilan shug‘ullanardi. Prezidentimizning PQ-62 sonli qarori — yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar unga yangi eshiklarni ochdi.
U 100 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i olib, zamonaviy tikuv mashinalari — yangi va tezkor uskunalar xarid qildi va mahalladagi bir necha yoshlarga kasb-hunar o‘rgatmoqda.
Bugun Muhayyo kabi izlanuvchan yoshlar tufayli mahallalarda tadbirkorlik muhiti rivojlanmoqda, yurtdoshlarimiz doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmoqda.



