XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 22-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2026-02-27 17:00:00 / Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 22-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
🇺🇿Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi, Jo`qorg`I Kengesi depututlari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R.Mamutov tegishli tashkilot mas’ullari va OAV vakillari ishtirok etdi. Sessiya majlisini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi R.Abdullayev boshqarib bordi.
Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 2025-yilda olib borilgan ishlar va 2026-yilga belgilangan rejalar, hududda ta’lim muassasalariga qatnashish imkoniyati bo‘lmagan nogiron bolalarning uyida yakka tartibda ta’lim olishlari hamda ularni maxsus adabiyot va qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik holati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining 2025-yil 17-dekabrdagi 521-sonli qaroriga asosan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limini isloh qilish va rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risida.
2. Tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan 2025- yilda olib borilgan ishlari va 2026- yilga belgilangan rejalari, hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “2025-2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-186-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risida.
3. To‘rtko‘l tumani qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida.
4. To‘rtko‘l tumani hududidagi ko‘p kvartirali uylarning tutash yer maydonlarida infratuzilma ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun manzilli dasturi to‘g‘risida.
5. To‘rtko‘l tumani mahalliy budjetining 2025-yilning erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha tuman hokimligining taklifini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
6. 2026-yilda To‘rtko‘l tumani bo‘yicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini oshirish to‘g‘risida.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2026-yil 14-fevraldagi 101-13-0-Q/26-sonli qarori ijrosini samarali tashkil etish va ta’minlash to‘g‘risida
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining 2026-yil 2 fevraldagi “Ganiyev Arslon Rustamovichni To‘rtko‘l tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlash to‘g‘risida”gi 285/1-B-sonli farmoyishini tasdiqlash to‘g‘risida
Maruzachilar chiqishidan keyin deputatlar va sessiya qatnashchilari tomonidan mavzu boyicha savollar, mulohazalar bildirildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi kun tartibidagi barcha masalalar ko`rib chiqildi va bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda tegishli qaror loyihalari tasdiqlandi.







