XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 21-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2026-02-12 16:00:00 / Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 21-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
🇺🇿Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining navbatdagi yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda Jo`qorg`I Kengesi deputatlari, tegishli tashkilot mas’ullari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiya majlisini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi R.Abdullayev boshqarib bordi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024- yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan To‘rtko‘l tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxati to‘g‘risida
2. To‘rtko‘l tumani Kambag‘allikni qiskartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan 2025-yilda bajarilgan ishlar hamda 2026 -yilda amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida.
3. 2026- yilda To‘rtko‘l tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi mahallalar hamda og‘ir toifadagi mahallalarni kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida.
Maruzachilar chiqishidan keyin deputatlar va sessiya qatnashchilari tomonidan mavzu boyicha savollar, mulohazalar bildirildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining yigirma birinchi sessiyasi kun tartibidagi barcha masalalar ko`rib chiqildi va bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda tegishli qaror loyihalari tasdiqlandi.





