XALQ DEPUTATLARI TO‘RTKO‘L TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2026-01-30 15:55:00 / Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI TO‘RTKO‘L TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
🇺🇿Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining navbatdagi yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashining deputatlari, tegishli tashkilot mas’ullari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiya majlisini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi R.Abdullayev boshqarib bordi. Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
To‘rtko‘l tuman prokuraturasi tomonidan 2025-yil davomida hududda qonunchilikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurori N. Djolamanov ma’ruza qildi.
To‘rtko‘l tumanida 2025-yil davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoiy holatlar yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M. Muratovning hisoboti tinglandi.
To‘rtko‘l tumani Soliq inspeksiyasining 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i J.Annayevning hisoboti tinglandi.
Shundan keyin tuman mahalliy byudjetining 2025-yildagi ijrosi, byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida tuman “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2025-yil ijrosi va 2026-yil xarajatlari mablag‘lari va yil davomida shakllanadigan qo‘shimcha manbalar mablag‘larini tashabbusli byudjet jarayonining 2026-yil 1-2-mavsumi uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga yo‘naltirish to‘g‘risida, Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining 2025-yil 25-yanvar kungi VII-5-4-13-190-K/25-sonli qarorining 2-ilovasi Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida hamda tumanda 2026-yil drayver loyihalarini tasdiqlash mavzulari bo‘yicha tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Matchanov ma’ruza qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman bo‘limi boshlig‘i X.Matnazarovning nutqi tinglandi.
Tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining 2025-yil davomida tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining qonun ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha tuman Adliya bo‘limi bosh mutaxassisi I.Kurbanbayevning axboroti tinglandi.
Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashining va doimiy komissiyalarining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi hamda Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashining doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Masharipov ma’ruza qildi.
To‘rtko‘l tumani hokimi I.Xudaybergenovning tumanni 2025-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari hamda 2026-yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.
Sessiya majlisida deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savollar berib, o‘z takliflarini kiritdilar.
Sessiya davomida kun tartibidagi barcha masalalar to‘liq ko‘rib chiqilib, deputatlar tegishli qaror qabul qildilar.









