To‘rtko‘l tumanidagi 2-son texnikumida ochiq muloqot
2026-02-27 14:00:00 / Yangiliklar

To‘rtko‘l tumanidagi 2-son texnikumida ochiq muloqot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan uchrashuvi davomida belgilab berilgan topshiriqlarga asosan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan 26-fevral kuni tuman hokimi I.Xudaybergenov 2-son texnikumida bo‘lib, o‘quvchi-yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Uchrashuvda ta’lim dargohining salohiyati, erishilgan natijalar va kelgusi rejalar tahlil qilindi.
"Yoshlar — jamiyatimizning eng katta kuchi. Har bir payshanba siz uchun yangi imkoniyatlar va marralar sari qadam bo‘lsin!" — deya ta’kidladi tuman hokimi o‘z nutqida.







