Inson qadri va ijtimoiy ko‘mak: To‘rtko‘lda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
2026-02-26 14:00:00 / Matbuot anjumanlari

Inson qadri va ijtimoiy ko‘mak: To‘rtko‘lda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
Bugun To‘rtko‘l tumanida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
🎤 Tadbirni tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari M.Bekchanova kirish so‘zi bilan ochib berdi va olib bordi.
Anjumanda tuman hokimi o‘rinbosari A.Sultanov so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarini jamiyatga integratsiya qilish borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar va tumanda amalga oshirilayotgan tizimli ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
📊 Shuningdek, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari X.Matnazarov mavzu yuzasidan batafsil axborot berdi. Unda:
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar;
Ularni kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi loyihalar;
Moddiy va ma’naviy ko‘mak berish ko‘lamini kengaytirish masalalari yoritildi.
Tadbir davomida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan batafsil javob oldilar. Ochiq va shaffof ruhda o‘tgan muloqotda kelgusidagi rejalar ham kelishib olindi.
Zero, har bir fuqaroning dardi bilan yashash, ularga ko‘mak berish va jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish — islohotlarimizning bosh maqsadidir.
---






