#Bugun_Yoshlar_kuni
2026-02-26 14:55:00 / Yangiliklar

#Bugun_Yoshlar_kuni
Mamlakatimizda Prezidentimizning tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” o‘tkazilishi belgilandi. Bu kunda sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga chiqib, yoshlarning murojaat va muammolarini tinglab, yechim topishi kerak bo‘ladi.
Bugun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farxod Ermanov To’rtko’l tumani yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida yoshlarga mos savdo-servis loyihalarini amalga oshirish, ularning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va boshqa sohalar bo’yicha bugungi kunda davlatimiz tomonidan yaratilib berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlarimiz Vazirlar Kengashining Raisiga o‘zlarining taklif va tashabbuslarini bildirib o‘tdi. Bu tashabbuslarni inobatga olib, yoshlarning g‘oya va loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Tadbir yakunida Vazirlar Kengashining Raisi yoshlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va dolzarb masalalarni tizimli hal etish bo‘yicha ishlar davom ettirilishini ta’kidladi.







