To‘rtko‘l tumanida PQ-465 qarori ijrosi hamda g‘alla parvarishi yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi
2026-02-16 14:05:00 / Yangiliklar

To‘rtko‘l tumanida PQ-465 qarori ijrosi hamda g‘alla parvarishi yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi
To‘rtko‘l tumani “Qo‘shnazar Paxtakor” fermer xo‘jaligi hududida Prezidentimizning 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-sonli qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi I.Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Daryabay Ubbiniyazov, O‘zagroinspeksiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i Arislan Yusupov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermerlar kengashi raisi o‘rinbosari Allaniyaz Ajimov mutasaddi tashkilotlar vakillari, O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi xodimlari, qishloq xo‘jaligi sohasining malakali mutaxassislari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida tumanda mavjud yer resurslaridan oqilona foydalanish, dala chetidagi bo‘sh maydonlarni o‘zlashtirish, kollektor-drenaj tarmoqlari atroflaridan samarali foydalanish hamda eksportbop bo‘lgan mahsulotlar ekish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, aholining o‘zini oziq-ovqat bilan ta’minlashni kuchaytirish hamda qo‘shimcha hosil olish masalalari muhokama qilindi.









