Matbuot kotiblari uchun seminar-trening o’tkazildi
2026-02-13 14:00:00 / Yangiliklar

Nukus shahrida YUNESKO tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi bilan hamkorlikda mahalliy hokimliklar va davlat tashkilotlari matbuot kotiblari uchun “Strategik kommunikatsiyalar va axborotdan foydalanish imkoniyati” mavzusida ikki kunlik seminar trening ish boshladi.
Axborot olish huquqi va strategik kommunikatsiya masalalariga bag‘ishlangan seminar mashg‘ulotlari YUNЕSKOning xalqaro ekspertlari professor Joan Barata, professor Sergey Shturxetskiy, shuningdek, milliy ekspert Madina Tursunova va boshqa tajribali mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda.






