"Qalb javohiri" yangi kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi.
2026-02-11 14:00:00 / Yangiliklar

To’rtko’l tuman Axborot Kutubxona Markazida O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "To’rtko’lnoma" gazetasi muharriri O’g’iljon Nurullayevaning "Qalb javohiri" yangi kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi. Kitob aynan nuroniy onaxon Amina Soburovaning xotiralari asosida yozilgan. Shuningdek kitobda qahramonimizning turmush o’rtog’i Bahodir To`xtaboyev va qayn otasi Isoq akaning ko’p yillar tumanning yuksalishidagi xizmatlari yorqin bir dalillar asosida ko’rsatib berilgan. Taqdimotda Baxodir akaning safdoshlari, Amina onaning sinfdosh va kursdoshlari qatnashib o’zlarining shirin xotiralari bilan o’rtoqlashishdi. Shuning uchun ham inson aziz, xotirasi muqaddas deya bejizga aytilmagan. Taqdimotda muallif O’g’iljon Nurullayeva, kutubxona mutaxassisi, shoira Munavvara Yusupova, tumandagi To‘rtko‘l tumani “Oqila ayollar harakati” raisi X.Ibadullaeva, Qoraqalpog’iston Jo’qorg’i Kengesi deputati Jonibek Settiyev ham bu oila haqida iliq fikrlar bildirdilar. Taqdimotda "Onajonim she’riyat" to’garagi a’zolari ham qatnashdilar.







