To‘rtko‘l tumanida ta’lim sifati va natijadorlik tahlil qilindi
2026-02-04 10:10:00 / Yangiliklar

To‘rtko‘l tumanida ta’lim sifati va natijadorlik tahlil qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida ta’lim sifatini oshirish borasidagi ishlar tizimli ravishda davom etmoqda.
Bugun 10-sonli umumta’lim maktabida tuman hokimi I. Xudaybergenov raisligida navbatdagi ishchi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda “Paxtachi”, “Otayurt”, “Kaltaminor”, “Bazirgan” va “Atauba” mahallalari hududidagi maktab va bog‘cha rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va kelgusi natijalarni yanada yuksaltirish borasida so‘z yuritilib ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha rahbarlarga zarur tavsiyalar va aniq vazifalar berildi.
Yig‘ilishda Xalq deputatlari To‘rtko‘l tumani Kengashi kotibiyat mudiri B.Masharipov ham ishtirok qilib, deputatlar tomonidan yoshlar ta’lim tarbiyasida olib borilayotgan ishlari to‘g‘risida so‘z yuritdi.





