Oila — muqaddas qo‘rg‘on: To‘rtko‘lda yosh oila quruvchilar uchun mashg‘ulotlar tashkil etildi
2026-01-31 17:00:00 / Yangiliklar

Oila — muqaddas qo‘rg‘on: To‘rtko‘lda yosh oila quruvchilar uchun mashg‘ulotlar tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 820-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, To‘rtko‘l tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda FHDYo bo‘limi hamkorligida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotda soha mutaxassislari va jamoatchilik vakillaridan tuman bosh imom-xatibi D. Klichev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari S. Sultanov hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi. K. Sadullaevalar ishtirok qildilar va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilada o‘zaro hurmat muhitini shakllantirish va ajrimlarning oldini olish mavzularida so‘z yuritdilar.
So‘zga chiqqanlar oila muqaddas dargoh ekanligini, uni asrab-avaylash har bir insonning burchi ekanini alohida ta’kidladilar. Yangi hayot ostonasida turgan yoshlar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob va zarur maslahatlar oldilar.





