ПРОКУРОР ВА ЁШЛАР УЧРАШУВИ
2026-01-22 10:00:00 / Yangiliklar

PROKUROR VA YОSHLAR UCHRASHUVI
Yoshlarni har tomonlama yetuk va komil inson bo‘lib yetishishlari hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida yoshlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugun O.Xudoyshukurov nomidagi madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ham samimiy ruhda o‘tkazildi. Tadbirni tuman hokimi I.Xudaybergenov ochib berdi. U o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning yoshlarga qaratayotgan e’tibori sabab bugun yoshlarimiz har tomonlama o‘z iqtidorlarini namoyish qalayotganliklarini alohida ta’kidlab o‘tdilar va bundan keyin ham yurtimizning komil farzandlari ko‘rsatkichlari yuksalaverishini bildirdilar.
Toʻrtkoʻl tumani prokurori N.Djolamanov o‘z nutqida yoshlarning vatanparvarlik ruhida tarbiya olishlari, yurtimizning mard va botir o‘g‘lonlari, haqiqiy vatanparvar bo‘lib yetishishlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlarini bildirar ekan, bugun yoshlarning har tomonlama komil inson bo‘lib yetishishlari uchun barcha eshiklar ochiq ekanligini ta’kidladilar.
Shundan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati J.Settiev hamda Mudofaa ishlari bo‘limidan O‘.Ishniyazovlar ham so‘zga chiqdilar.
Uchrashuv davomida o‘z tengdoshlari orasida yaxshi natijalarga erishgan bir qator iqtidorli yoshlar tuman prokuraturasi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdrlandilar.
Uchrashuv tuman madaniyat bo‘limi hamda 10-sonli umumta’lim maktabining iqtidorli yoshlari tomonidan Ch.Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" asari asosida kreativ uslubda tayyorlangan "MANQURT" sahnaviy dasturi premerasi hamda xushovoz xonandalarning konsert dasturi bilan davom etdi.








