Olis ovuldagi samimiy muloqot
2026-01-15 14:00:00 / Yangiliklar

Bundan ellik yil oldin To‘rtko‘l tumani markazidan 60 kilometr olis hududdan yangi qo‘riq yerni o‘zdashtirish rejalashtirildi. Va shu reja asosda qo‘riq yerda ko‘pgina ijtimoiy soha ob’ektlari, aholi uchun turar joylar bo‘y tiklab, hudud ko‘rkiga ko‘rk qo‘shuvchi qurilishlar amalga oshirildi...
Bugun tuman hokimligi Axborot xizmati media-rejasi asosida ushbu qo‘riq yerlarni o‘zlashtirishda jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh Yonboshqal’alik fidoyi insonlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda tarix zarvaraqlaridan o‘rin olgan qurilish jarayonlarida qatnashgan fidoyi insonlar o‘z tarixiy kechinmalari bilan o‘rtoqlashdilar. Unda mahalla faollari, OAV vakillari ham ishtirok qildidar hamda o‘tmish va bugun to‘g‘risida mulohaza yuritdilar. Albatta, bugun olis qishloqda samimiy tarzda o‘tgan ochiq muloqot davomida kelajak avlod uchun yaratilgan bunyodkorlik ishlarini yana bir bor esga olindi. Ajab emaski, ushbu muloqot “Yonboshqal’a” to‘g‘risida yozilayotgan kitobning debochasi bo‘lsa...






