TA’LIM TRANSFORMATSIYАSI: ZAMONAVIY O‘QITUVCHI VA RAQAMLI TEXNOLOGIYАLAR
2026-01-08 14:20:00 / Yangiliklar

TA’LIM TRANSFORMATSIYАSI: ZAMONAVIY O‘QITUVCHI VA RAQAMLI TEXNOLOGIYАLAR
2026 yil 6–7 yanvar kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) To‘rtko‘l fakulteti dekani R.A.Raxmanov tomonidan To‘rtko‘l tumani 1-sonli politexnikum o‘qituvchilari uchun ikki kunlik "Zamonaviy o‘qituvchi" mavzusida trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Birinchi kun mashg‘ulotlarida ta’lim jarayonlarining samaradorligi va o‘qituvchining o‘rni muhokama qilindi. Dekan R.A. Raxmanov globallashuv davrida o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki tarbiyachi, motivator va yo‘naltiruvchi bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
Ikkinchi kun mashg‘ulotlarining asosiy yo‘nalishi raqamli ta’lim platformalari va sun’iy intellekt (AI) tizimlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishga bag‘ishlandi.
Trening yakunida ta’lim sifatini oshirish o‘qituvchining doimiy o‘rganishi, o‘z ustida ishlashi va zamonaviy texnologiyalarni bilishiga bog‘liq ekanligi haqida umumiy xulosaga kelindi.



