Ko‘rgazmali seminar
2026-01-05 09:00:00 / Yangiliklar

Ko‘rgazmali seminar
To‘rtko‘l tumani “Tozabog‘yop” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Qo‘shnazar paxtakor” fermer xo‘jaligida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari, tegishli tashkilotlar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarda soha mas’ullari tomonidan g‘alla parvarishi, yerni sho‘r yuvishga tayyorlash, suv tejovchi texnologiyalarning ahamiyati, betonlashtirish natijasida suvdan unumli foydalanish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar yakunida fermerlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
Ma’lumot uchun, tumanda joriy 2026 yilda qishloq xo‘jaligidagi g‘alla maydonlarining 500 gektariga yomg‘irlatib sug‘orish va 500 gektar maydonlarga tomchilatib sug‘orish texnоlogiyalarini o‘rnatish rejalashtirilgan.









