Тўрткўл туманида 42-сонли мактабнинг қўшимча янги биноси фойдаланишга топширилди Янги йил байрами арафасида тумандаги бир неча таълим ташкилотлари биноларининг тантанали очилиш маросимлари бўлиб ўтди. Тўрткўл туманининг «Машъал» маҳалла фуқаролар йиғини
2025-12-27 17:00:00 / Yangiliklar

Yangi yil arafasida yangi bino
To‘rtko‘l tumanida 42-sonli maktabning qo‘shimcha yangi binosi foydalanishga topshirildi
Yangi yil bayrami arafasida tumandagi bir necha ta’lim tashkilotlari binolarining tantanali ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi.
To‘rtko‘l tumanining «Mash’al» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 42-sonli maktab fikrimiz dalilidir. Bugun ushbu maktab o‘quvchilari uchun unutilmas kun bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu maktabda 330 o‘rinli qo‘shimcha yangi o‘quv binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi!
Yangi o‘quv binosini qurish uchun 4,337 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, qurilish ishlari «MA To‘rtko‘l stroy» MChJ tomonidan yuqori sifatda yakuniga yetkazildi. Endilikda maktab o‘quvchilari yanada zamonaviy va qulay sharoitlarda bilim olishadi.
Bugungi tantanali marosimda tuman hokimi I.Xudaybergenov ishtirok etib, yig‘ilganlarni ushbu quvonchli voqea — yangi o‘quv binosining ochilishi hamda kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabrikladi.







