“Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi
2025-12-22 14:25:00 / Yangiliklar

To‘rtko‘l tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi I.Xudaybergenov rahbarligida “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi.
🇺🇿 Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda tegishli soha mas’ullari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda To'rtko'l tuman 2-sonli texnikum direktori O`.Kurbanov yurtimizda ro‘y berayotgan yangilanishlar borasida so‘z yuritdi.
Shundan keyin Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Masharipov Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputatlar faoliyati borasida axborot berdi.
Shuningdek, so‘zga chiqqan Qizil yarim oy jamiyati tuman bo‘limi rahbari A.Sultanov jamiyatning bugungi ish faoliyati amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar haqida so‘z yuritdi.
Joriy yil 01-dekabr kunidan 30-dekabr kunlari yurtimizda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" o‘tkazilishi munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi To‘rtko‘l tumani bo‘limi boshlig‘i H.Egamov so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan gapirdi.
Yig‘ilish davomida tumanda yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, obodonlashtirish ishlari bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga zarur topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda korrupsiya va uning oldini olish borasida ham so‘z yuritilib, bu illatga qarshi birgalikda kurashish lozimligi alohida ta’kidlandi.









