"Salomatlik yo‘li" loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlandi
2025-12-17 14:00:00 / Yangiliklar

"Salomatlik yo‘li" loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlandi
🇺🇿Yosh avlodning salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va reproduktiv salomatlikni targ‘ib qilish maqsadida muhim loyihaga start berildi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tibbiyot birlashmasi hamkorligida maktablarda "Salomatlik volontyorlari" shakllantirilmoqda.
Bugun 1-son umumta’lim maktabida "Tengdosh tengdoshga" tamoyili asosidagi "Salomatlik yo‘li" loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Loyihaning maqsadi о‘quvchilar orasida tibbiy-psixologik xizmat samaradorligini oshirish, jismoniy va ruhiy salomatlikni muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olishdan iborat.
Seminarda tuman hokimi o‘rinbosari I.Jumaboeva hamda tegishli soha mas’ullari ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
---




