“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag‘ishlab”
2025-12-09 12:00:00 / Yangiliklar

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag‘ishlab” To‘rtko‘l tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Sport maktabi hamkorligida sportning Muay tay turi bo‘yicha kattalar, yoshlar va qizlar, o‘smirlar, o‘smir qizlar o‘rtasida To‘rtko‘l tumani Hokim kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shaxri, Xo‘jayli, Beruniy va To‘rtko‘l tumani va Xorazm viloyatining Urganch shahri, Urganch, Xiva va Xazarasp tumanilaridan 220 dan ortiq sportchilar ishtirok etishdi.
Qiziqarli musobaqalarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan musobaqa yakunida umumjamoa hisobida To‘rtko‘l tumani jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilarga To‘rtko‘l tumani hokim o‘rinbosari B.Yangibaev, Respublika Ma’naviyat marifat markazi To‘rtko‘l tumani bo‘limi boshlig‘i S.Sultanov, Yoshlar ishlari agentligi To‘rtko‘l tuman bo‘limi boshlig‘i D.Gafurov, To‘rtko‘l tumani sport maktabi direktor o‘rinbosari O.Djabbarovlar g‘olib va sovrindor sportchilarga To‘rtko‘l tumani hokimligi tomonidan tashkil qilingan diplom, medal, va ko‘plab qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.


