Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!
Bugun To‘rtko‘l tuman madaniyat saroyida “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda To‘rtko‘l tuman hokimi I.Xudaybergenov, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari, ovul va mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari hamda deputatlar ishtirok etdi.
Tadbirning tantanali qismida tuman rahbari I.Xudaybergenov o‘z tabrik nutqi bilan tadbirni ochib berdi. Shundan keyin so‘zga chiqqan tuman prokurori N.Djolamanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati J.Settiev, MMTtuman bo‘limi vakili tomonidan bayram tabriklari o‘qib eshittirildi. Tantanali bayram tadbirining rasmiy qismidan so‘ng tadbirning badiiy qismi boshlandi.
Unda tuman madaniyat bo‘limi ijodiy jamoalari tomonidan turli millat vakillarining chiqishlari tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.
Tadbirda tuman Axborot kutubxona markazi tomonidan kitoblar yarmarkasi ham tashkil qilindi.
O‘z o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, Konstitutsiyamiz nafaqat jamiyatimizning bosh Qomusi, balki bizning huquq va erkinliklarimiz tayanchi, kafolati va asosi o‘laroq bizga nihoyatda qadrlidir.
Yurtimiz osmoni uzra hamisha totuvlik va barqarorlik, har bir oilada baxt va farovonlik hukmron bo‘lsin, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida yangi g‘alabalar sari intilib, har birimizni ulkan muvaffaqiyatlar tomon yetaklab borsin!