Qishloq xo‘jaligi mavsumiy ishlariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
2025-11-26 10:00:00 / Yangiliklar

To‘rtko‘l tumani:
Qishloq xo‘jaligi mavsumiy ishlariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
To‘rtko‘l tumani “Tozabog‘yop” OFY hududidagi “Bo‘danli Armon” fermer xo‘jaligida 2026-yil hosili uchun g‘alla ekilgan maydonlarda parvarishlash ishlarini amalga oshirish, dalaga mahalliy o‘g‘it chiqarish, kuzgi shudgorlash, lazerli tekislash, yerga-yer qo‘shish, to‘qsonbosti ekinlarini ekish, dala chetiga ko‘chat ekish ishlarini tashkil qilish yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmali seminarda tuman hokimi I.Xudaybergenov, Qishloq xo‘jaligi vaziri Sh.Teshaev, tumandagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari, tegishli tashkilotlar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbir davomida bog‘larda qator oralari bo‘sh maydonlaridan samarali foydalanish, to‘qsonbosti ekinlarining turlari, ularni parvarishlash talablari, irrigatsiya usullari, tuproq unumdorligini saqlash va hosildorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.







